“Hukumat bir ovozdan bosh vazir Benyamin Netanyaxuning Golan tepaliklari va Katsrindagi aholi punktlarida demografik o'sishni rag'batlantirish bo'yicha umumiy summasi 40 million shekeldan (11 million dollar) ortiqni tashkil etgan rejani ma'qulladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, davom etayotgan urush fonida va “Suriyada yangi front” ochilishi munosabati bilan Netanyaxu Golanda demografik o'sishni rag'batlantirish rejasiga kiritilgan birinchi tuzatishni hukumat tasdiqlashiga taqdim etgan. Bu “Golan tepaliklari aholisini ikki baravar oshirish istagi” tufayli amalga oshirildi, deyiladi idora bayonotida.
Golan tepaliklarini mustahkamlash rejasi ta'lim, qayta tiklanadigan energetika sohalaridagi o'zgarishlarni, shuningdek, talabalar qishlog'ini tashkil etishni va Golan tepaliklari hududiy kengashiga yangi aholini qabul qilishga yordam beradigan institutsional rivojlanish dasturini joriy qilishni o'z ichiga oladi, deb xabar beradi ria.ru.