Mutaxassisning qayd etishicha, Omikrondagi bosh og'rig'i migrendan farq qiladi.
“Bunda og'riq boshning muayyan qismini emas, balki butunlay qamrab oladi”, deydi Golubinskaya.
Nevrologning aytishicha, bosh og'rig'i mazkur shtammda eng ko'p uchraydigan alomatlardan biri sanaladi.
“Gap shundaki, virus gematoentsefal to'siqdan qisman o'tib oladi. U yerda virus shish yuzaga kelishishiga, bosh og'rig'iga sabab bo'lishi mumkin”.
Shifokorning ta'kidlashicha, tashxis qo'yish va kasallikni davolash uchun bemorlar shifokorga murojaat qilishi lozim. Shu bilan birga, oddiy qoidalarga rioya qilish ham bosh og'rig'ini qoldirishi mumkin. Xususan, shifokor bunday paytda xotirjamlik muhimligini qayd etdi.
“Ko'proq suv ichish, analgetiklar va S vitamini qabul qilish zarur. Boshga sovuq bandaj taqib olish ham mumkin”, deya maslahat berdi Golubinskaya, deb yozadi m24.ru.