“Manas” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Bugun Oʻzbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi hamda VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.