Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Turli darajalardagi samarali aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar faol rivojlanmoqda.
Tovar ayirboshlash hajmi barqaror oʻsib bormoqda, yil boshidan buyon 23 foizga oshdi. Sanoat, energetika, transport va boshqa muhim sohalarda, shu jumladan, mintaqalar darajasida yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlari boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.