Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasini ilg‘or innovatsiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida rivojlantirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, xususan, paxtachilik yo‘nalishida muhim tadqiqotlarni amalga oshirib, yangi navlarni yaratish, tuproq unumdorligini yaxshilash, mo‘l va sifatli hosil yetishtirish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, iqtidorli yosh olimlarni tayyorlash, navqiron avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda tavalludining 90-yilligi munosabati bilan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining g‘o‘za fiziologiyasi va biokimyosi laboratoriyasi mudiri Raxmonkulov Saidakbar «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev