O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish, uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, Yangi O‘zbekistonning global va mintaqaviy ahamiyatga molik tashabbuslarini xalqaro miqyosda ilgari surishga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi, ikki mamlakat xalqlari orasida o‘zaro ishonch va do‘stlik rishtalarini mustahkamlash yo‘lidagi alohida xizmatlari uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekiston Respublikasining “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev