Qayd etilishicha, uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Jazoir oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Tomonlar 2026-yil iyun oyida Oʻzbekiston delegatsiyasining Jazoirga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlari va erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashgan.

Muloqotda savdo-iqtisodiy, investitsiya, taʼlim, madaniyat va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirishga tayyorlik bildirilgan.

“Elchi xonimga Oʻzbekistondagi masʼuliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, dedi Baxtiyor Saidov.