Qiz qancha ishini so‘rasa, “birdaniga 8 ta ichsang, otday bo‘p ketasan” deb javob bergan. Talaba uni ichgan va, qarabsizki, kasalxonaga tushgan. Shifokorlarning say-harakatlari bilan bazo‘r qutqarib qolingan.

Bu real voqeani eshitganimdan keyin o‘ylanib qoldim. Inson yaqindagina paydo bo‘lgan bu texnologiya yoki ixtiroga shunchalik bog‘lanib ulgurdimi? Shunchalik ishonadigan, ishonib hayotini topshiradigan darajada yaqinigiga aylandimi? Undan ko‘ra, ota-onasi, opa yoki akasidan so‘rab, yordam olsa bo‘ladi-ku?

Shu o‘ ylar bilan maktabga keldim. Darslarimiz tugab, imtihonlar boshlangan payt edi. Bir fandan choraklik imtihonida(CHSB)miz. Qarasam, telefoni bor sinfdoshlarim berilgan savollarni o‘ylab ko‘rmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chatgptga jo‘natyapti. Chatgpt ham uzoq o‘ylab o‘tirmasdan javoblarni shaqillatib berib tashlayapti. Sinfdoshlarim esa uni tekshirib yoki solishtirib ko‘rmasdan javoblar varaqasiga ko‘chirishyapti.

O‘ylab qolaman: hozirdan o‘z miyasini sun’iy intellektga topshirib qo‘yayotgan insonlar ertaga bir umrlik kasbini qanday tanlaydi? Qanday qilib, ishxonada o‘z ish faoliyatini olib boradi? Albatta, u yerda ham Chatgpt uning dastyoriga aylanadi. Lekin qachongacha va qaergacha? Menimcha, Chatgptga to‘liq suyanib qolish yaxshi emas. Sababi, uning aqli yetmaydigan masalalar, inson hissiyotiga tayanib chiqaradigan qarorlar bor. Bunda sun’iy ong hali odamzotga yetib olishiga ancha bor.

Demak, sun’iy intellekt bilan yashashni o‘rganishimiz kerak. Qanday qilib deysizmi? Uni kundalik hayotda ishlatiladigan pichoqga o‘xshataman. Agar undan to‘g‘ri foydalansa, ovqat pishirish, narsalarni kesish mumkin. Agar noto‘g‘ri foydalansak, inson hayotiga nuqta qo‘yishi hech gap emas. Chatgptga o‘xshagan sun’iy intellekt vositalari ham shunday: ilm olish, til o‘rganish, ishimizda yordamchi sifatida ishlatish mumkin. Ammo miyamiz o‘rniga uni qo‘yib qo‘ysak, kelajakda aqlan yalqov va uquvsiz insonga aylanishimiz hech gap emas. Shuning uchun hozirdan undan foydalanishda o‘zimizni tiyishni o‘rganaylik!

Shamshixon BAXTIYoROVA,

Yangihayot tumanidagi 8-maktab o‘quvchisi