Maʼlum qilinishicha, hujjatda tomonlar harbiy harakatlarni to‘xtatishi, Ormuz bo‘g‘ozini ochishi hamda keyinchalik Eron yadroviу dasturi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishi nazarda tutilgan.

Manbalarga ko‘ra, memorandum bir sahifadan iborat bo‘lib, AQSh Erondan asosiy shartlar yuzasidan 48 soat ichida javob kutmoqda. Hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan, biroq tomonlar hech qachon bu qadar yaqin kelmagani taʼkidlanmoqda.

Loyihaga muvofiq, Eron uran boyitishni vaqtincha to‘xtatadi, AQSh esa sanksiyalarni yumshatishi va muzlatilgan Eron mablag‘larini ochishi mumkin. Shuningdek, Ormuz bo‘g‘ozi orqali tranzitga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish ham muhokama qilinmoqda.

Axios qayd etishicha, Vashingtonda avval ham muzokaralar yuzasidan optimistik bayonotlar berilgan, ammo kelishuvga erishilmagan. Ayni paytda esa Oq uy muzokaralarda muayyan ilgariлаш bo‘lganini bildirmoqda.