Davlatimiz rahbari Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida nutq soʻzladi.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida investitsiya va savdo sohalarida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni imzolash marosimi ham boʻlib oʻtdi.

Tadbirlar yakunlangach, mamlakatimiz yetakchisi Ostona xalqaro aeroportidan Toshkentga joʻnab ketdi. Oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.