Shuningdek, mehnat qonunchiligi ijrosini nazorat qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan paxta yigʻim-terimi jarayonlarida monitoring ishlari olib borilmoqda.

Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilar va fermer xoʻjaliklariga paxta yigʻim-terimi davrida mehnat qonunchiligi talablariga qatʼiy rioya qilish zarurligini eslatdi. Jumladan:

  • hech kimni majburan mehnatga jalb qilmaslik;
  • bolalar mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;
  • ishchilarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;
  • mehnat munosabatlarini qonunchilik asosida rasmiylashtirish;
  • ish vaqti, dam olish va mehnatga haq toʻlash talablariga rioya qilish.

Ota-onalarga ham farzandlarining taʼlim olishi uchun zarur sharoit yaratish va oʻquvchilarni paxta yigʻim-terimi ishlariga jalb etmaslik soʻraldi.

Masʼullar paxta yigʻim-terimi davrida majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmasligini taʼkidladi.

Agar mavsum davomida mehnat huquqlaringiz buzilsa yoki majburiy mehnat holatiga duch kelsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Mehnat huquqlaringiz Davlat mehnat inspeksiyasi himoyasida.