9–10 oktyabr kunlari respublika hududida havo harorati kechalari 10–15 daraja, kunduz kunlari 25–27 daraja boʻladi. Janubiy hududlar va choʻl zonalarining ayrim joylarida harorat 29–32 darajagacha koʻtariladi.
10 oktyabr kuni kechqurun respublikaning gʻarbiy hududlariga nam havo massalari kirib kela boshlaydi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomgʻir yogʻishi mumkin.
11 oktyabr, yakshanba kuni nam havo massalari mamlakatning qolgan hududlariga ham tarqala boshlaydi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida choʻl hududlari hamda respublikaning janubida, kechqurun esa markaziy hududlarning ayrim joylarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.
Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Koʻpchilik hududlarda iliq ob-havo davom etadi. Faqat respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlarida havo harorati 18–23 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Shamol sharqdan oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
9–11 oktyabr kunlari togʻli hududlarning ayrim joylarida yomgʻir yogʻadi. 11 oktyabr kuni togʻoldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtda bugun va dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati kechalari 13–15 daraja, kunduz kunlari 25–27 daraja boʻlishi kutilmoqda.