Toshkent, 20-aprel. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Ucell savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi “COSCOM” MChJ o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat tomonlarning mamlakatda raqamli ta’limni hamkorlikda rivojlantirish va IT-kadrlar tayyorlashni kuchaytirish niyatini mustahkamlaydi.
Besh yilga mo‘ljallangan hamkorlik raqamli texnologiyalar sohasida ta’lim muhitini tizimli rivojlantirishga qaratilgan. Asosiy e’tibor zamonaviy ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or yechimlarni tatbiq etish hamda yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratishga qaratiladi. O‘qituvchilar malakasini oshirish va ta’lim jarayoniga zamonaviy IT-kompetensiyalarni integratsiya qilishga alohida ahamiyat beriladi.
Shuningdek, tomonlar ta’limga oid tashabbuslarni faol rivojlantirish hamda ta’lim va texnologiya sohasi o‘rtasida barqaror o‘zaro hamkorlik ekotizimini shakllantirgan holda milliy va xalqaro loyihalardagi ishtirokni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Amaliy qadamlar qatoridan xakatonlar, olimpiadalar va sohaviy forumlar o‘tkazish o‘rin olgan.
Andrey Shishkovskiy, Ucell Bosh direktori:
“Raqamli ta’limniqo‘llab-quvvatlash va yoshlarning IT-ko‘nikmalarini rivojlantirish – Ucell
ijtimoiy strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. 2024–2025-yillarda
kompaniya yosh mutaxassislarning salohiyatini oshirishga qaratilgan bir qator
tashabbuslarni amalga oshirdi: O‘zbekiston terma jamoasining Niderlandiya va
Germaniyada bo‘lib o‘tgan informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasidagi
ishtirokini ikki bor qo‘llab-quvvatladi, chekka hududlardagi yoshlar uchun
o‘tkazilgan milliy IT-xakatonga amaliy ko‘mak ko`rsatdi hamda Coursera for
Campus ta’lim dasturining eng yaxshi ishtirokchilarini rag‘batlantirdi.
Shuningdek, ta’lim infratuzilmasini rivojlantirishga ham o‘z hissasini qo‘shdi:
Ucell ko‘magida Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi auditoriya
raqamli yechimlar bilan jihozlandi.
Ishonchimiz komilki, bu yo‘nalishdagi tizimli ishlar mamlakatning
raqamli kelajagini quradigan yangi avlod mutaxassislarini shakllantirishga
xizmat qiladi”.
Rustam Karimjonov, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri
o‘rinbosari
“2026-yilda biz raqamli
texnologiyalar sohasida yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishda davom
etamiz. Iqtidorli talabalar va yosh tadbirkorlarning Web Summit, BETT, EWF va
ICT Week kabi yetakchi xalqaro innovatsion platformalarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash
ustuvor vazifalarimiz sirasiga kiradi.
Shuningdek, Toshkent
viloyatida IT-Villages formatidagi Digital IT Education Campus loyihasini ishga
tushirish, milliy terma jamoaning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini
qo‘llab-quvvatlash hamda InfoTech 2026, yozgi kiberlager, GameFest va
Job&Edu Fest kabi yirik tarmoq tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan”.
«COSCOM» MCHJ raqamlashtirish sohasidagi ijtimoiy va ta’lim loyihalarini
qo‘llab-quvvatlagan holda, ushbu o‘zgarishlarning harakatlantiruvchi
kuchlaridan biri bo‘lishni maqsad qilgan.
Tomonlarning hamkorligi mamlakatda raqamli
ta’limni uzoq muddatli rivojlantirish va talabgir IT-mutaxassislarni tayyorlash
uchun zamin yaratadi. Ucell raqamli infratuzilmani izchil rivojlantirib, ta’lim
tashabbuslariga sarmoya kiritib, O‘zbekistonning kuchli kadrlar salohiyati va
kelajagini shakllantirishga hissa qo‘shayotgan texnologik yetakchi sanaladi.
«COSCOM» MCHJ (Ucell savdo belgisi): O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorining
yetakchi ishtirokchilaridan biri bo‘lib, GSM, UMTS, LTE va 5G standartlarida
xizmat ko‘rsatuvchi uyali aloqa operatoridir. Kompaniyaning abonent bazasi 11
milliondan oshadi. Kompaniya mamlakat telekommunikatsiya infratuzilmasi va
raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga izchil sarmoya kiritib kelmoqda.
So‘nggi yillardagi investitsiyalarning umumiy hajmi 560 million AQSh dollaridan
oshdi.
Ucell
kompaniyasida tarmoqning rivojlanishi va barqaror faoliyatini, shuningdek,
zamonaviy raqamli yechimlarning joriy etilishini ta’minlaydigan 2500 nafarga
yaqin xodim mehnat qiladi. Ucell kompaniyasining missiyasi: «Oddiy, hamyonbop
va ishonchli xizmatlarni taqdim etamiz – odamlar bilan va odamlar uchun
ishlaymiz».
Reklama