Navbatdagi turda shaxmatchilarimiz Germaniya terma jamoasiga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvda Nodirbek Abdusattorov durang oʻynagan boʻlsa, Javohir Sindorov gʻalaba qozondi. Biroq Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov oʻz partiyalarida magʻlub boʻldi.

Germaniya terma jamoasi tarkibida Frederik Sveyn va Rasmus Sveyn yuqori darajadagi oʻyin namoyish etib, jamoasiga muhim gʻalabani taqdim etdi. Germaniyaliklar bugungi bahsga qadar AQSH terma jamoasini ham magʻlub etgan edi.

Oʻzbekiston terma jamoasi esa musobaqaning dastlabki 7 turida 28 ta partiyaning birortasida ham magʻlub boʻlmagan edi.

Hozircha Oʻzbekiston terma jamoasi qoʻshimcha koʻrsatkichlar evaziga turnir jadvalida 1-oʻrinni saqlab turibdi.

Olimpiada yakuniga qadar yana 3 ta tur qoldi. Shaxmatchilarimizni AQSH, Niderlandiya va Armaniston terma jamoalariga qarshi muhim bahslar kutmoqda.