Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt avtobus yo‘nalishlarida havo harorati ko‘tarilishi fonida konditsionerlar ishlamayotgani haqidagi eʼtirozlar tarqaldi.
Shu eʼtirozlar yuzasidan Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, tashqi havo harorati +28°C dan yuqori bo‘lgan hollarda avtobus salonlarida konditsionerlardan majburiy tartibda foydalanish belgilandi.
Mazkur talabga ko‘ra, avtobus ichidagi havo harorati +26°C darajada saqlanishi lozim.
Shu munosabat bilan, 2026-yil 7-maydan boshlab avtobuslar salonidagi sovitish tizimlari bosqichma-bosqich ishga tushirilishi maʼlum qilindi.
Toshshahatransxizmat tomonidan yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida qator choralar ko‘riladi. Jumladan:
Maʼlum qilinishicha, yo‘lovchilardan kelib tushayotgan har bir murojaat eʼtibordan chetda qolmaydi va qoidabuzarliklarga nisbatan keskin choralar ko‘riladi.
Shuningdek, Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi tomonidan jamoat transportida nazorat tadbirlari kuchaytirilgan. Yo‘lovchilar murojaatlari tezkor tarzda ko‘rib chiqilib, belgilangan talablarga amal qilmagan masʼullarga nisbatan intizomiy va shartnomaviy choralar qo‘llanishi taʼkidlandi.