El Chiringuito xabariga ko'ra, PSJ hujumchisi Neymar “Barselona” bilan shaxsiy shartnoma masalasida kelishuvga erishgan. U Kataloniya klubi bilan yillik 13 million evro maoshli “2+1” shaklida shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
O'tish amalga oshishi uchun hujumchi PSJ bilan shartnomani bekor qilishi lozim. Avvalroq, Neymarning agenti va klub futbolchining PSJni tark etishini tezlashtirayotgani haqida xabar qilgandi.
SHu o'rinda aytib o'tish lozimki, 31 yoshli hujumchiga Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi ham qiziqish bildirayotgan edi.