Robotning ikkita "qo'li" bor, ular o'smani kesib, kesilgan joyni ushlab turadi va ortiqcha suyuqlik va to'qimalarni so'rib oladi. Qurilmada masofadan boshqarish pulti mavjud. Sinovda ikkita neyroxirurg to'rt oylik chaqaloq modelidagi o'smani qo'l asboblarini ishlatishdan ko'ra tezroq va yaqin atrofdagi miya to'qimalariga bosim o'tkazmasdan olib tashlashga muvaffaq bo'ldi.

Robotdan yirik tomirlangan o'smalar va kistalarni olib tashlash, gidrotsefaliyani davolashda, shuningdek, peshob pufagi o'smalarini bartaraf etish bo'yicha transuretral endoskopik muolajalar uchun foydalanish rejalashtirilgan, deb xabar beradi lenta.ru.