Oʻzbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar oʻzining betakror taʼmi va tabiiyligi bilan Yevropa bozorlarida alohida eʼtiborga sazovor boʻlayotgani quvonarlidir, deydi “Dunyo” axborot agentligi.

Masalan, Niderlandiyaning “Boumanfruits” kompaniyasining egasi Anton Bauman Oʻzbekistonning Benilüks mamlakatlaridagi elchixonasi vakillari va “New Wave” MCHJ rahbariyati bilan onlayn muzokaralar chogʻida Oʻzbekistondan yuqori sifatli va mazali mevalar hamda ularning navlarini Yevropa bozoriga chiqarishga qiziqish bildirdi. Anton Bauman Oʻzbekistonda yetishtirilgan limonning maxsus navlarini Niderlandiya va Yevropa bozorlarida sotishga qiziqish bildirdi.

Tomonlar oʻzbek limonining Niderlandiyaga eksportini yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildilar. Joriy yilning sentyabr oyi boshida limonning yangi hosili namunalarini yuborish va eksportni kuchaytirish boʻyicha muzokaralarni davom ettirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.