Tadbir davomida tomonlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati taqdimoti oʻtkazilgani barobarida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda tajriba almashishning istiqbolli yoʻnalishlari atroflicha muhokama etildi.
Niderlandiya harbiy tarix instituti direktori oʻrinbosari, ilmiy-tadqiqot ishlari boʻlimining boshligʻi Yan Xoffenaar tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu institut mamlakatning harbiy tarixini oʻrganishga ixtisoslashgan tadqiqot markazi hisoblanadi.
Niderlandiyalik tarixshunos Oʻzbekiston harbiy sanʼat tarixini rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshganini qayd etar ekan, bu tarixni ilmiy jihatdan oʻrganish Niderlandiya tomoni uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi. “Biz bu yoʻnalishda oʻzaro hamkorlik qilishdan manfaatdormiz”, dedi u.
Uchrashuv yakunida har ikki tomondan harbiy ilm-fan va taʼlim sohasida oʻzaro manfaatli va mustahkam aloqalar oʻrnatishga hozirlik bildirilar ekan, mavjud imkoniyatlardan keng foydalangan holda muhokama qilingan takliflarni hayotga tatbiq etish yuzasidan kelishuvga erishildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.