CHorva mollari Niderlandiyaning “Van der Plug Interneshnl” kompaniyasi tomonidan yuborilgan bo'lib, Namangan viloyatida tashkil etiladigan yirik sut fermasi uchun mo'ljallangan. O'zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov Niderlandiya kompaniyasi rahbari Al`bert Van der Plug bilan uchrashdi va o'zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Tadbirkor o'z faoliyatida Evropa texnologiyalari va bilimlarini joriy etishdan manfaatdor bo'lgan O'zbekiston fermerlari va kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Al`bert Van der Plug ta'kidlashicha, uning kompaniyasi Niderlandiya tajribasi va texnologiyalaridan muvaffaqiyatli foydalangan holda ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga intilib kelayotgan o'zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik aloqalariga ega.

— Biz O'zbekiston bozorida 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelamiz, — dedi niderlandiyalik biznesmen. — Bugun Dilyor Hakimov bilan O'zbekistonga ikkita yuk vagonida qoramol jo'natish tadbirida qatnashdik. Bu Namangan viloyatidagi sheriklarimizga etkazib berilayotgan chorva mollarining ikkinchi jo'natmasi. Keyingi hafta yana bir necha yuzta qoramol jo'natish ko'zda tutilgan. SHu o'rinda O'zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun katta imkoniyat mavjudligini ta'kidlamoqchiman. Mamlakatda chorvachilik va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish uchun ajoyib o'tloqlar, yaxshi iqlim bor. SHuning uchun zotdor qoramollarni Jizzax, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Andijon viloyatlariga ham etkazib berishni rejalashtirganmiz.