Maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida keng koʻlamli islohotlar iqtisodiyotning liberallashuviga va aholi turmush darajasining oshishiga xizmat qilayotgani, jumladan ilm-fan va innovatsiyalarning rivojlantirishni davlat siyosatining ustuvor vazifasi etib etib belgilangani haqida fikr yuritiladi.
Shuningdek, 2017-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi tuzilganidan beri amalga oshirilgan ishlar, ularning iqtisodiy oʻsish va ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, ilmiy va startap loyihalarni moliyalashtirish, xususan yoshlarning ilmiy gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga urgʻu berilgan. Innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, texnologiyalar transferi, Oʻzbekistonda pandemiya oqibatlarini yumshatish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berilgan.
“IN ME” jurnali “Stroomi B.V.» kompaniyasi tomonidan taʼsis etilgan boʻlib, hozirgi kunda “Stroomi B.V.» Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi 11 mingdan ziyod tashkilot, kompaniya, tadqiqot institutlari, moliyaviy tashkilotlarini targʻiboti, jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash yoʻnalishida xizmatlar koʻrsatib kelmoqda. “Innovation Media” jurnali Niderlandiyadagi elchixonalar, hukumat va xalqaro tuzilmalar, biznes, logistika, transport, qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat klasterlari, qayta tiklanuvchi energetika sohasi uchun texnologiyalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, startaplar haqida maqolalar chop etadi.