Bu haqda Vanguard News portali xabar bermoqda.
Shunday bo'lsa-da, mahalliy aholi 37 kishi halok bo'lgani haqida aytishmoqda. Garovga olinganlar soni o'rganilmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, qurollangan shaxslar Niger shtatida joylashgan Kasuvan-Daji qishlog'iga mototsikllarda bostirib kirib, tartibsiz o't ochgan. Ular do'konlarni talon-taroj qilishgan va mahalliy bozorni yoqib yuborishgan.
Nigeriyaning turli hududlaridagi yirik jinoiy guruhlar o'g'irlik, qotillik, to'lov uchun garovga olish va chorva o'g'irliklari bilan shug'ullanadi, deb xabar berdi report.az.