Nigeriyada sher 10 yildan beri unga g'amxo'rlik qilgan hayvonot bog'i xodimiga hujum qildi

    Nigeriyada hayvonot bog'i xodimi o'zi 10 yil davomida parvarish qilgan sher hujumiga uchrab, halok bo'ldi.

    Obafemi Avolovo universiteti hayvonot bog'idagi fojia yirtqich oziqlanayotgan vaqtda sodir bo'lgan. Sherni hujumga nima undagani hozircha noma'lum. Biroq hayvonot bog'i xodimi Olabode Olavui, hamkasblari uni qutqarishga uringaniga qaramay, olgan jarohatlari tufayli vafot etdi.

    Erkak yirtqich hayvonlarni hayvonot bog'ida tug'ilganidan beri parvarishlab kelgan.

    Mazkur voqeadan so'ng universitet rahbariyati fojiaga sabab bo'lgan sherga nisbatan evtanaziya usulini qo'lladi va shu bilan hayvonot bog'i xodimlari va tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta'minladi.

    Universitet talabalar kasaba uyushmasi rahbari Abbos Akinremi Nigeriyaning Vanguard gazetasiga bergan intervyusida fojia hayvonot bog'i xodimi sherni ovqatlantirgandan keyin eshikni qulflashni unutib qo'ygani uchun sodir bo'lganini aytdi, deb xabar beradi korrespondent.net.