Koʻrgazmada Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi dotsenti, rassom Chori Bekmirov va oʻn nafar rassom shogirdlarining turli yillarda ishlangan ijod namunalari taqdim qilingan. Ushbu kafedrada Oʻzbekiston xalq rassomi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining akademigi, professor, dotsent, oʻqituvchilar faoliyat yuritadi.
Ekspozitsiyadan oʻrin olgan turli mavzulardagi 50 dan ortiq ijod namunalarida mehr bilan chizilgan zamondoshlari portretlari, yil fasllari manzaralari, tarixiy shaharlarning meʼmoriy yodgorliklari, kompozitsiya, miniatyuralar, hayot falsafasi sanʼat muxlislarini befarq qoldirmaydi.
Hasan Abdunazarov