Shu kunlarda poytaxtimizda ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Hozirgina ayollar oʻrtasida -87 kg vazn toifasida bahslar oʻz nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Nigora Suvonova dast koʻtarishda oltin, siltab koʻtarish va ikkikurashda kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Nigora Suvonova dast koʻtarishda 101 kg, siltab koʻtarishda 128 kg, ikki kurash natijasiga koʻra 229 kg natijani qayd etdi.