Unda qatnashgan 2 nafar vakilimiz jamoamiz hisobiga 4 ta medalni qoʻshib qoʻydi. Xususan, iqtidorli qizlarimizdan Nigora Suvonova -76 kilogramm vazn toifasida oltin medal uchun murosasiz raqobat olib bordi. Yakunda hamyurtimiz faqatgina misrlik raqibasiga imkoniyatni boy berib, barcha yoʻnalishlarda kumush medallar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yigitlarimizdan Abrorbek Maʼrufbekov -96 kilogramm vazn toifasida bellashdi. Abrorbek kuchli raqobatda 133 kilogramm natija bilan dast koʻtarish mashqida bronza medaliga sazovor boʻldi. Afsuski, u ikki kurashda uchinchi oʻrin egasiga atigi 1 kilogramm imkoniyatni boy berib, toʻrtinchi oʻrinda musobaqani yakunladi.

Ogʻir atletika oʻsmirlar oʻrtasidagi JCH

Qizlar, -76 kg:

1. Rahma Elsayed (Misr) – 215 (95+120) kg;
2. Nigora Suvonova (Oʻzbekiston) – 210 (91+119) kg;
3. Stefani Espinoza (Meksika) – 200 (90+110) kg.

Ogʻir atletika oʻsmirlar oʻrtasidagi JCH

Yigitlar, -96 kg:

1. Gervasi Tabagari (Gruziya) – 317 (140+177) kg;
2. Saparli Muhiyev (Turkmaniston) – 300 (133+167) kg;
3. Pablo Medina (Meksika) – 300 (131+169) kg;
4. Abrorbek Maʼrufbekov (Oʻzbekiston) – 299 (133+166) kg.