Kechagi bahslarda 5 nafar atletimiz oʻz mahoratini namoyish etdi. Quvonarlisi, ularning barchasi gʻoliblik shohsupasidan oʻrin egalladi.

Iqtidorli vakilalarimizdan biri Nigora Suvonova (-82 kg.) oʻz vazn toifasida ham oʻsmirlar, ham yoshlar toifasida barcha yoʻnalishlar bilan hisoblaganda jami 6 ta oltin medalga sazovor boʻldi. Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.

Oʻsmirlar:

- 81 kilogramm: Nigora Suvonova – 212 (95+117) kilogramm,

- 102 kilogramm: Qudratbek Salimjonov – 324 (156+168) kilogramm,

+ 102 kilogramm: Nurbol Abdurashidov – 316 (145+171) kilogramm,

+ 81 kilogramm: Xushnoza Xoliqova – 185 (95+104) kilogramm.

Yoshlar:

- 102 kilogramm: Sharofiddin Amriddinov – 362 (165+197) kilogramm,

- 81 kilogramm: Nigora Suvonova – 212 (95+117) kilogramm,

- 102 kilogramm: Qudratbek Salimjonov – 324 (156+168) kilogramm.