Baxtsiz hodisa oqibatida avtomashina haydovchisi hayotdan ko'z yumdi. Elektr poyezdi bilan to'qnashuv tufayli yuk mashinasining saloni majag'langan. Hodisa vaqtida poyezdda 150 ga yaqin odam bo'lgan, ularning hech biriga tibbiy yordam ko'rsatishga ehtiyoj tug'ilmadi.
To'qnashuv natijasida elektr poyezdining birinchi vagoni relsdan chiqib ketdi. Yo'lovchilar eng yaqin bekatga avtobusda yetib olishgan, deb xabar beradi mir24.tv.