Nikaragua hayvonot bog'ida Oq Bengal` yo'lbarsi dunyoga keldi

    Bu Markaziy Amerikada tug'ilgan ushbu rangdagi birinchi yo'lbars, deb xabar qilmoqda BBS.

    Oq rangli yo'lbars juda kam uchraydi — 10 mingta Bengal yo'lbarsidan bittasi shu tarzda tug'iladi.

    Taxminan “qor parchasi” deb tarjima qilinishi mumkin bo'lgan N`eves nomli yangi tug'ilgan yo'lbars hayvonot bog'i direktorining rafiqasi Marina Arguello tomonidan tarbiyalanmoqda, chunki bolani onasi rad etgan. Besh yil oldin sirkdan olib chiqilgan Bengal` yo'lbarsida naslini boqish uchun sut yo'q edi.

    Oq yo'lbarslarda rangga ta'sir qiluvchi resessiv gen mavjud.

    Bugungi kunda bu turdagi yo'lbarslar faqat asirlikda uchraydi. Tabiat qo'ynidagi so'nggi oq yo'lbars 1958 yilda ovchilar qo'lida vafot etgan.

    Oq yo'lbarslar odatda oddiy rangli yo'lbarslardan kichikroq, shuningdek, bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan naslchilik tufayli ular ko'pincha ko'z kasalligi, buyrak muammolari kabi genetik nuqsonlar va boshqa patalogiyalarni namoyon etadi.

    Neves — poytaxt Managua yaqinidagi hayvonot bog'ida yagona oq yo'lbars emas. 2019 yil may oyida u erga Meksika hayvonot bog'i tomonidan sovg'a qilingan Osma va Xalime ismli yo'lbars bolalarini olib kelishgandi.