"Nike" kompaniyasi o'tgan yili o'zining tarixidagi eng mukammal krossovkalardan birini sotuvga chiqardi. Bu krossovka Adapt BB 2.0 deb nomlanib, uning bog'ichi oyoqqa moslanib bog'lanish xususiyatiga ega.
Krossovka smartfon orqali Bluetooth'dan boshqariladi va uning yon tomonidagi ranglarni o'zgartirish ham mumkin.
Krossovkaning 2019-yilgi versiyasi 350 dollardan sotilgan bo'lsa, 2020-yili fevraldan yangi versiyasi 400 dollardan sotuvga chiqarilgan. Hozirda "Nike"ning bu krossovkasini 500 dollar atrofida bo'lgan narxda xarid qilish mumkin, deb xabar bermoqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati.