Anemiya holatida suyultirilgan anor sharbatini isteʼmol qiling. Kuniga 3 mahal 0,5 stakan, ovqatdan 30 daqiqa oldin 2 oy davomida iching.

Qon bosimini pasaytiradi.

Anor urugʻlari gipertonik bemorlarda arterial bosimni pasaytiradi. Quritilib choyga qoʻshilgan anor asab tizimini tinchlantirishga, bezovtalikdan xalos boʻlishga va tungi uyquni yaxshilashga yordam beradi.

Gormonlar faolligini oshiradi.

Anor urugʻlari tarkibida yogʻ boʻlib, u organizmdagi gormonal muvozanatni tiklaydi. Shuning uchun, anor urugʻini yeyish kerak, u bosh ogʻrigʻi va klimaks davrini kuchli ogʻriqlarsiz oʻtkazishga yordam beradi.

Insulin oʻrnini bosadi.

Anor diabet bilan kasallanganlar uchun ham foydali. Buning uchun ovqatdan oldin kuniga 4-marta 60 tomchi sharbat isteʼmol qiling. 3-kunning oʻzidayoq qondagi qand miqdori sezilarli darajada pasayadi.