Rashid Malikovning “Badiiy film rejissorligi” yo'nalishiga ixtisoslashgan ustaxonasida qoraqalpog'istonlik abituriyentlarning asosiy qismiga ta'lim berilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, ularning ayrimlari “Operatorlik”, “Dramaturgiya” va “Prodyuserlik” yo'nalishlari bo'yicha tahsil oladi.
Ushbu dasturdan ko'zlangan maqsad qoraqalpoq milliy kinosini rivojlantirish va “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasini yosh va istiqbolli kadrlar bilan ta'minlashdan iborat.