Chunki don va urugʻlik ikkiga boʻlib qoʻyilsa, har qancha yer unumdor boʻlmasin u oʻsib chiqmaydi.
Lekin chumoli kashnich donini toʻrt boʻlakka boʻlganini koʻrgach, olimlar taajjubga tushishdi.
Bu xususda kerakli tadqiqot olib borgach, quyidagi narsani kashf qildilar. Kashnich doni agar ikkiga boʻlinsa ham oʻsib chiqaverar ekan. Lekin toʻrt boʻlakka boʻlinsa oʻsib chiqmas ekan.
Chumoliga bu narsani taʼlim bergan Alloh har qanday aybu nuqsonlardan pokdir.
“Parvardigorimiz barcha narsaga oʻz xilqatini shaklini ato etib, soʻngra (uni) toʻgʻri yoʻlga solib qoʻygan zotdir”(Toha surasi, 50 oyat).








