Nima uchun indoneziyalik ziyoratchilar O'zbekistonga talpinmoqda?

    Turizm 11 Avgust 2020 2328

    O'zbekistonning Indoneziyadagi elchisi Ulug'bek Rozikulov Indoneziyadagi eng katta musulmonlar tashkiloti «Naxdatul Ulama» ijroiya qo'mitasi raisi Said Akil Siradj bilan uchrashdi.

    «Naxdatul Ulama» tashkilotiga 1926 yil asos solingan va bugun uning tarkibi 90 millionga kishidan iborat.

    Uchrashuv jarayonida Said Akil Siradj islom tsivilizatsiyasinigg rivojida O'zbekistonning roli va hissasini e'tirof etdi. Asosiy e'tibor Imom al Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad al Xorazmiy va boshqa o'zbek xalqining o'g'lonlarining mehnatini o'rganish muhimligiga qaratildi.

    U Indoneziyada O'zbekistonning boy tarixiy, madaniy va ma'naviy merosi haqida yaxshi bilishlarini ta'kidladi.

    Tomonlar muzokaralar yakuni bo'yicha ziyorat turizmi sohasida hamkorlikni faollashtirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar. Xususan, Indoneziyada «O'zbekiston+ziyorat» va «O'zbekiston+Umra» qo'shma sayyohlik paketlarni amalga oshirishni ilgari surish haqida kelishib oldilar.

    Tomonlar shuningdek, yangi sayyohlik paketlarining tashkiliy-texnik jihatlarini joriy yil oktyabr` oyida ishlab chiqish bilan shug'ullanadigan qo'shma ishchi guruhni shakllantirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi «Dunyo» AA.