Farmonga koʻra:

  • Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi;
  • Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha yetakchi oliy taʼlim tashkiloti etib belgilandi.

2025/2026 oʻquv yilidan:

  • Universitetning boshqaruv tizimi “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;
  • Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi;
  • akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yoʻlga qoʻyiladi hamda “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;
  • Universitetning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga 1-kursdan xalqaro taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.