Bu haqda Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov maʼlum qildi.

«Butun mamlakatni raqamlashtirish deganda oliy taʼlim muassasalari bu borada eng ilgʻor boʻlishi kerak. Raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani qisqartiramiz.

Korrupsiyani qisqartirish boʻyicha misol: biz joriy oʻquv yilida birinchi marta barcha bitiruv imtihonlari, diplom himoya ishlarini ochiqdan-ochiq You Tube orqali barchaga taqdim etib oʻtkazdik.

Shunda bir holat namoyon boʻldiki, oldingi oʻquv yillarida bitiruv imtihonlaridan yiqilganlar judayam oz boʻlardi: 7 ta yoki 10 ta. Bu yil esa 241 ta talaba imtihondan oʻtolmadi. Bunga sabab biz ularning bilim sifati, malaka va mutaxassisligiga javob beramiz», — deydi u.