«Aniq va tabiiy fanlar boʻyicha pedagoglarni koʻpaytirmasak, IT, “yashil” energetika, “sunʼiy intellekt”, “yangi materiallar” kabi dolzarb sohalarga minglab kadrlarni qayerdan yetkazamiz?
Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi», — dedi Prezident.

Ulardagi pedagoglar va talabalar bilimi tashqi diagnostikadan oʻtkaziladi. Shu orqali nodavlat oliygohlarda pedagog tayyorlash sifati nazoratga olinadi.