Shu tariqa Nodirbek Abdusattorov ortda qolgan 6 tur natijalariga koʻra 2,5 ochko jamgʻarib, turnir jadvalida 9-pogʻonani egallab turibdi.

Bugun Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat boʻyicha davom etayotgan nufuzli “WR Chess Masters” turniri doirasida 7-tur bahslari boʻlib oʻtadi. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov bugun tur doirasida polshalik Yan Kristof Dudaga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Eslatib oʻtamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanadi.