Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng yaxshi 30 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi

    O'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasining avgust oyidagi reytingida dunyoning eng yaxshi 30 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi.

    Shaxmatchi bir oy ichida 64-oʻrindan 30-oʻringa koʻtarilib, reytingini 2677 dan 2713 ga oshirdi va shu tariqa Oʻzbekiston tarixida Rustam Qosimjonovdan keyin 2700 koʻrsatkichdan oʻzib ketgan ikkinchi shaxmatchi boʻldi. Birinchi oʻrinni Magnus Karlsen egalladi.

    Bu yosh boʻlishiga qaramay, Nodirbek Abdusattorovning koʻplab gʻalabalar va mukofotlarga erishganing eʻtirofidir. U avgust oyida boʻlib oʻtgan Shaxmat Olimpiadasida 11 raundda 8 ta gʻalaba qozonib, 3-marta durang oʻynadi va faqat bir marta yutqazdi.

    Isbank Turkish Super League xalqaro turnirida ham sport klubi safida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jamoa 13 turdan soʻng ikkinchi oʻrinni egalladi va shaxmatchi 11 uchrashuvda 9 ochko jamgʻarib, ikkinchi doskaning eng yaxshisiga aylandi. Bundan tashqari, FIDE 100 taligi reytingida ilk bor oʻzbekistonliklar soni toʻrttaga yetdi.

    Yana uch nafar vakillarimizning natijalari ham eʻtiborga loyiq: Rustam Qosimjonov – 72, Nodirbek Yoqubboyev – 89, Javohir Sindorov – 92-oʻrin.