Sovrin jamgʻarmasi 140 ming yevroni tashkil etadigan turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishtirok etadi.
Turnirda umumiy hisobda 11 nafar shaxmatchi sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib boradi.
Eslatib oʻtamiz, rapid yoʻnalishi boʻyicha amaldagi jahon chempioni, Butunjahon shaxmat olimpiadasi gʻolibi Nodirbek Abdusattorov Ozarbayjonning Boku shahrida oʻtgan yilning dekabrida grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan xalqaro turnirda chempion boʻlgan edi. Yodingizda boʻlsa, shaxmatchimiz ushbu turnirda 9 partiyadan iborat oʻyinning 5 tasida gʻalaba, 4 tasida durang oʻynab, musobaqani magʻlubiyatsiz yakunlagandi.