Nodirbek Abdusattorov nufuzli Champions Chess Tour-2023 musobaqasining yarim finaliga chiqdi

    Kanadaning Toronto shahrida o‘tayotgan CCT-2023 turnirining final roundida yil davomida 6 ta yirik shaxmat musobaqasida eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar grossmeyster qatnashdi.

    Nodirbek Abdusattorov dastlabki saralash bahslarida 4-o‘rinni qo‘lgan kiritdi. Chorak finalda esa Fabiano Karuanaga qo‘shimcha bahsda yutqazib qo‘ydi. Ammo unda yana bir imkon bor edi.

    Nodirbek o‘tish o‘yinida Hikaru Nakamura bilan kuch sinashdi. Dastlabki 2 ta o‘yinda durang bo‘lgach, Armageddon tay-brek bahsiga navbat keldi. Qora donalarda raqibidan 5,5 daqiqa kamroq vaqt bilan o‘ynagan Nodirbek g‘alaba qozonishi uchun durang ham kifoya edi. Hamyurtimiz buning uddasidan chiqdi hamda yarim finalga yo‘l oldi.

    Yarim final bahslari bugun va ertaga bo‘lib o‘tadi.