31 davlatdan 80 nafar shaxmatchi ishtirok etgan musobaqa shveysarcha tizimi boʻyicha 9 turdan iborat boʻldi.
Turnirda Oʻzbekiston sharafini Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Humoyun Bekmurotovlar himoya qildi.
Musobaqa yakunlariga koʻra, 7 ochko toʻplagan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qoʻlga kiritdi, – deyiladi Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabarida.









