Oʻninchi marta tashkil etilgan mazkur nufuzli turnirda 8 nafar grossmeyster qatori hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham gʻoliblik uchun kurash olib bordi.
Blis va rapid yoʻnalishlarida oʻtkazilgan bahslar sarhisobiga koʻra, FIDE bayrogʻi ostida musobaqada ishtirok etgan rossiyalik Yan Nepomnyashshiy 19 ochko jamgʻargan holda Vugar Gashimov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir gʻolibiga aylandi.
Har ikki yoʻnalishda munosib ishtirok etgan mahoratli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov 18 ochko bilan 2-oʻrinni egalladi.
Eslatib oʻtamiz, Nodirbek Abdusattorov mazkur nufuzli musobaqaning 2022-yilgi gʻolibi sanaladi.