Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnirda g'olib bo'ldi

    Sport 7 Aprel 2023 1083

    Nodirbek finalda fransiyalik Maksim Vachiyer-Lagraveni 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va turnir gʻolibiga aylandi. 8-aprel kuni u Grand final uchrashuvida dona suradi.

    Germaniyada onlayn tarzda oʻtkazilgan “Chessable Masters” xalqaro turnirining 2-divizioni bahslari yakunlandi. Musobaqada ishtirok etgan Nodirbek Abdusattorov oʻz divizionida yetakchi boʻldi.

    Nodirbek finalda fransiyalik Maksim Vachiyer-Lagraveni 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va turnir gʻolibiga aylandi. 8-aprel kuni u Grand final uchrashuvida dona suradi.

    Musobaqa davomida Abdusattorov Anish Giri, Arjun Erigaisi kabi jahon shaxmati yulduzlarini magʻlub etdi.

    Maʼlumot uchun, “Chessable Masters” xalqaro turniri oʻyinlari 3 ta divizionda oʻtkazilmoqda. Turnirning 1-divizionida Magnus Karlsen, Uesley So, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura va boshqa kuchli shaxmatchilar gʻoliblik uchun dona surmoqda. Musobaqa sovrin jamgʻarmasi 1 million 410 ming AQSH dollarini tashkil etadi.