Nodirbek Abdusattorov peshqadamlik qilmoqda

    Nodirbek Abdusattorov Islandiyada o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha “World Fischer Random Chess Championship” jahon chempionatida qatnashmoqda.

    Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda. Hamyurtimiz 1-turda rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi dona surdi va gʻalabaga erishdi. 2-turda esa amerikalik Uesli So taslim etildi.

    U endi navbatdagi oʻyinini islandiyalik Xyyorvar Steyn Gretarssonga qarshi oʻtkazadi. Guruhda gʻolib boʻlgan shaxmatchi yarim finalda qatnashish huquqiga ega boʻladi.

    Maʼlumot uchun, musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 400 ming AQSH dollarini tashkil etadi.