Nodirbek Abdusattorov “World Fischer Random Chess Championship” turnirida muddatidan oldin yarim finalga yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.

Nodirbek “A” guruhida yetakchilikni saqlab qoldi va yarim finalda “B” guruhida 2-oʻrinni egallagan Hikaru Nakamura (AQSH) bilan bahslashadigan boʻldi.

Ikkinchi yarim finalda Magnus Karlsen (Norvegiya) Yan Nepomnyashiy (Rossiya) bilan dona suradi.

Yarim final gʻoliblari finalda oʻzaro bahs yuritishadi.