Nodirbek Abdusattorov “Tata Steel Chess” turnirida sovrindor boʻldi

    Sport 3 Fevral 2025 1346

    Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahri mezbonlik qilgan ikki xaytalik shaxmat boʻyicha anʼanaviy “Tata Steel Chess-2025” musobaqasi oʻz nihoyasiga yetdi.

    Unda "2Masters" guruhida 3-oʻrinni egallab turgan Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Pentala Xarikrishnaga qarshi bahs olib bordi va durang natija qayd etdi.

    Musobaqaning soʻngi, 13-turida amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju vatandoshi Arjun Ergaisiga imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi oʻrindagi Rameshbabu Pragnanandha ham soʻnggi turda germaniyalik Vinsent Keymerga yutqazib qoʻydi. Nodirbek Abdusattorov esa asosiy raqiblari taqdim etgan bu imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.

    Turnirning hal qiluvchi bosqichida 8.5 ochkodan jamgʻargan Gukesh va Rameshbabu oʻrtasidagi tay-brekda Pragnanandha 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, “Tata Steel Chess 2025” chempionligini qoʻlga kiritdi. Ushbu turnirda Gukesh ikkinchi oʻrinni band etgan boʻlsa, Nodirbek Abdusattorov 8 ochko bilan sovrinli uchinchi pogʻonani egalladi.