Nodirbek Yakubboyev Toshkentdagi superturnirda gʻalaba qozondi

    Toshkent shahrida shaxmat boʻyicha “UzChess Cup” superturniri oʻz yakuniga yetdi.

    Mukofot jamgʻarmasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqaning “Masters” guruhida hamyurtimiz Nodirbek Yakubboyev soʻnggi turda xitoylik Yu Yangyiga qarshi bahsda durang qayd etdi va umumiy hisobda 5,5 ochko jamgʻardi. U shuncha ochko jamgʻargan Nodirbek Abdusattorovdan qoʻshimcha koʻrsatkichlar evaziga oshib ketdi va chempionlikni qoʻlga kiritdi.

    Demak, Nodirbek Yakubboyev 1, Nodirbek Abdusattorov esa 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

    Kuchli uchlikka esa 5 ochko toʻplagan xitoylik Yu Yangyi yakun yasadi.

    Ushbu gʻalaba orqali Nodirbek Yakubboyev 25 ming dollarga ega boʻldi. Abdusattorov esa 20 ming dollarni qoʻlga kiritdi. Xitoylik Yangyi esa 15 ming dollar bilan ketadigan boʻldi.