Roppa rosa bir oy avval, Ombudsmanning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymovaga murojaat qilgan fuqaro, arizasida oʻzi II guruh nogironi ekanligi va oila aʼzolari bilan avariya holatidagi turar-joyda yashayotganligini yozgan edi.
Mazkur murojaat Ombudsman vakili Z.Reymovaning nazoratiga olingach, Nukus shahrining ikkinchi sektori rahbari yordamida fuqaroning turar-joyi qayta qurib berildi. Barcha sharoitlarga ega boʻlgan keng, yorugʻ va shinam xonadonlar oʻz egalariga topshirildi, deb xabar beradi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati.