“Nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–390-son, 12.10.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar:
koʻrgazma yarmarkasi doimiy tarzda oʻtkaziladi;
hajmi va texnik parametrlari toʻgʻrisidagi axborotlar 2022-yil 15-noyabrga qadar Elektron kooperatsiya portaliga joylashtiriladi;
2023-yil 1-yanvarga qadar yagona reyestri yuritilishi tashkil etiladi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat xaridlari doirasida tegishli tashkilotlar xarid predmeti hajmining kamida 10 foizi miqdorida oʻz hududida Reyestrga kiritilgan korxonalar ishlab chiqargan tovarlarni sotib oladi.
2022-yil davomida tajriba tariqasida Nukus va Toshkent shaharlarida hamda 2023-yildan boshlab qolgan hududlarda “Imkoniyatlar markazi” faoliyati tashkil etiladi.
“Imkoniyatlar markazi”:
▫️nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maydoni sifatida faoliyat yuritadi;
▫️nogironligi boʻlgan shaxslarning qiziqishidan kelib chiqqan holda kasb-hunarga oʻqitishga koʻmaklashadi.